• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1880
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 42
Гостей: 42
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 18 » Hujum hujumga qarshi. Barchasi “Borussiya D”—PSJ uchrashuvi haqida
18:31
Hujum hujumga qarshi. Barchasi “Borussiya D”—PSJ uchrashuvi haqida

Ikki oylik tanaffusdan so‘ng muxlislar orziqib kutgan Yevropa Chempionlar Ligasining pley-off bosqichiga 18-fevral, seshanba kuni start beriladi.

1/8 final bosqichining eng tomoshabop o‘yinlaridan biri so‘zsiz Dortmundda kechishi kutilmoqda. Unda ayni damda Yevropaning eng kuchli hujum triolariga ega ikki jamoa kurash olib boradi — "Borussiya” o‘z uyida sobiq murabbiyi Tomas Tuxel ustozlik qilayotgan PSJni mehmon qiladi.

"Borussiya” va PSJ hech qachon Chempionlar Ligasida o‘zaro to‘qnash kelmagan. Tomonlar Yevropa Ligasi doirasida 2010/11-yilgi mavsum bir guruhda uchrashgan. Parijdagi uchrashuvda golsiz durang qayd etilgan bo‘lsa, Dortmundda esa jamoalar 1:1 hisobida rozi bo‘lgan.

Musobaqa yo‘li

"Borussiya” guruh bosqichida "Barselona”, "Inter” va "Slaviya” bilan to‘qnash kelgandi. "Asalarilar” Kataloniya klubini ikkala o‘yinda ham yuta olmadi. "Inter”ga esa mehmonda mag‘lub bo‘lib, so‘nggi turdan oldin guruhda qiyin holatga duch keldi. So‘nggi turda Lyusen Favr shogirdlari "Slaviya”ni o‘z uyida yutishi va "Inter”ning ochko yo‘qotishini kutishi lozim edi. Nemislarning baxtiga hammasi ko‘ngildagidek kechdi. "Borussiya” ikkinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.

PSJ esa guruh bosqichini hech qanday qiyinchiliksiz bosib o‘tdi. Hatto guruhda Zinedin Zidan boshchiligidagi "Real” bo‘lsa ham. Parijliklar 6 ta o‘yinning 5 tasida g‘alaba qozondi. "Real” bilan bitta o‘yinda durang qayd etildi, yana birida esa Madrid klubi taslim qilindi. "Bryugge” va "Galatasaroy”ga bo‘lsa umuman imkoniyat qoldirilmadi. PSJ o‘z guruhida 16 ochko bilan yakka peshqadam sifatida 1/8 finalga yo‘l oldi.

Hal qiluvchi vaziyatlar

Dortmund klubi ortda qolgan uik-endda repetitsiyani yaxshi o‘tkazdi. Lyusen Favr ikkita muammoni hal qilishi lozim edi — himoya va jarohatlar. Murabbiy ularni hal etishga harakat qildi va qaysidir ma’noda buning uddasidan chiqdi. Klub maydon markazida ikki asosiy o‘yinchisi — Marko Roys hamda Yulian Brandtdan ma’lum muddatga foydalana olayotgani yo‘q. Bu orqali esa markazdagi barqarorlikka putur yetmoqda. Bundesliganing ortda qolgan turida "Borussiya” "Ayntraxt”ni taslim qildi. Frankfurt klubi Favr jamoasi darvozasiga bbita ham aniq zarba yo‘llay olmadi. Ushbu bahsda Favr maydon markazidan Manuel Akanjini olib tashladi. Markaziy himoyada Hummels, Zagadu va Pishchek harakat qildi. Qanotlarda esa doimgidek, Rafa Gerreyru hamda Ashraf Hakimi. Tayanch yarim himoyasida esa Emre Jan o‘zini "baliq”dek his qildi.

Gerreyru va Pishchek sabab jamoa uch markaziy himoyachi taktikasidan darhol to‘rt yoki uch tayanch yarim himoyachi taktikasiga moslasha oldi. Bu sxema esa qarshi hujumlarda Favr jamoasidan ko‘p narsa kutish mumkinligini anglatadi.

PSJ esa Liga 1 doirasida 25-turda katta rotatsiyaga qo‘l urdi. Tuxel "Amyen”ga qarshi ilk daqiqalarda Tilo Kerer, Xuan Bernat hamda Marko Verratilarga imkoniyat berdi. Jamoa sardori Tiago Silva esa atigi 1 ta bo‘lim maydonda harakat qildi. Nemis murabbiyining himoyadagi eksperimentlari o‘zini oqlamadi. 40-daqiqa kelib, "Amyen” PSJni 3:0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘layotgan edi. Ikkinchi bo‘limda esa Tuxel o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Jamoa 75-daqiqaga kelib, hisobni 4:3 ko‘rinishiga keltirdi, biroq o‘yin so‘ngida baribir g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Qo‘shimchasida Leandro Paredes ham safdan chiqdi. Dortmundga boradigan Verrati, Menye hamda di Mariyalar hisobida sariq kartochka bor. Agar ular olmon yurtida sariq kartochka oladigan bo‘lsa, Parijdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi. "Amyen”ga qarshi bahsda PSJning 17 yoshli himoyachisi Niyoz Kuassi burchak to‘pidan so‘ng ikki marta boshi bilan gol urishga erishdi. Favrning "Borussiya”si esa standart vaziyatlarda havas qilarli darajada himoyalanayotgani yo‘q.

Holanddan hamma gol kutmoqda. Neymardan esa mo‘jiza yoki...

UEFAning yangi qaroriga ko‘ra, "Borussiya” musobaqaning guruh bosqichidagi eng yaxshi ikkinchi raqamli to‘purari Erling Holandni o‘z safiga qo‘shib oldi va endi u bemalol PSJga qarshi o‘ynashi mumkin. Holand Dortmundga kelgandan beri gol urmoqda va bu ishni hozirda barqaror ravishda bajara olmoqda. Holdan Bundesliga tarixida o‘zining ilk 5 ta o‘yinida 8 ta gol urgan dastlabki futbolchi aylandi. U hatto Bundesligada yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Dortmund hujum chizig‘i uchun Holand endilikda Jeydon Sancho bilan birgalikda javobgar bo‘ladi deya hisoblamoqda futbol mutaxassislari va muxlislar.

PSJning hujum chizig‘ida esa yulduzlar yig‘ilgani hammaga ayon. Neymarning mashg‘ulotlarga qaytib, Dortmundga yo‘l olgani esa parijlik muxlislarni xursand qilgani bor gap. Har holda muxlislar hamon braziliyalik futbolchidan mo‘jiza kutishda davom etmoqda. Mauro Ikardi hamda Kilian Mbappeda esa hozirda hammasi joyida. Ikkala futbolchi ham o‘z vazifasi — gol urishni qoyillatmoqda. Kamiga qishki transferlar vaqtida klubda olib qolingan Edinson Kavani bor. U ham istalgan vaqtda hujum chizig‘ida jamoasiga yordam berishga tayyor.

Taxminiy tarkiblar

Borussiya Dortmund: Byurki — Shults, Hummels, Zagadu — Hakimi, Daud, Vitsel, Gerreyru — Sancho, Holand, Azar

PSJ: Navas — Mene, Kerer, Silva, Kyurzava — Verratti, Guye, Di Mariya, Draksler — Ikardi, Mbappe

O‘ynamaydi: Roys, Dileyni — Dagba, Diallo
Chempionlar Ligasi

1/8 final bosqichi

"Borussiya D”—PSJ 01:00
Категория: Har-Hil | Просмотров:535 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:30
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829