• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 33
Гостей: 33
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 12 » Koronavirus va sport: bekor qilinayotgan musobaqalar, virusni yuqtirgan “Yuventus” himoyachisi haqida so‘nggi ma’lumotlar
15:20
Koronavirus va sport: bekor qilinayotgan musobaqalar, virusni yuqtirgan “Yuventus” himoyachisi haqida so‘nggi ma’lumotlar

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo bo‘ylab tarqalayotgan koronavirus epidemiyasi pandemiyaga aylanganini e’lon qildi.

So‘nggi ikki hafta davomida Xitoydan tashqarida koronavirus bilan zararlanish holatlari soni 13 martaga oshdi, kasallik qayd etilgan mamlakatlar soni esa uch baravar ko‘paydi. JSST rahbari Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, ayni paytda dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 118 ming kishidan ortib ketgan.

Ma’lumot uchun, pandemiya epidemik kasallikning bir yoki bir necha mamlakat, qit’a yoki kontinentda yoppasiga tarqalishi hisoblanadi. Pandemik tarqalish havo-tomchi yo‘li bilan yuqib, inkubatsion davri qisqa yuqumli kasalliklarga xos.

Koronavirus nafaqat havaskor, balki professional sport va sportchilarga ham ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda. Shu boisdan qator musobaqalar bekor qilinmoqda. Quyida shu kunga qadar bekor qilingan xalqaro sport musobaqalari, shuningdek, koronavirusning umuman sport sohasiga ta’siri haqida so‘nggi ma’lumotlar taqdim etiladi.

"Yuventus” himoyachisi Daniele Rugani koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Klub buni rasman tasdiqladi.

25 yoshli Ruganining koronavirus bo‘yicha topshirgan test natijalari ijobiy natija taqdim etgan. "Yuventus” ayni damda karantin choralarini ko‘rayotgani ta’kidlangan. Qoidalarga ko‘ra, klub u bilan aloqada bo‘lgan barchaning ro‘yxatini tuzishi va ularni karantinga olishi lozim.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Yuventus” ishtirokidagi o‘yinlar noma’lum muddatga qoldiriladi.

Ronaldu koronavirus sabab "Yuventus” safida emas. U Madeyrada qolgan

Krishtianu 11-mart kunidagi Turin klubi mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan. Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Ronaldu favqulodda holat sabab o‘z vatanida qolmoqda.

Jamoa hujumchisi Gonsalo Iguain esa jarohatidan forig‘ bo‘lib, individual dastur asosida mashg‘ulot olib bormoqda. Yarim himoyachi Rodrigo Bentankur esa chap sonidagi jarohat sabab mashg‘ulotlarda qatnashmagan.

A Seriya o‘yinlari qoldirildi, Italiya klublarining Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasidagi ishtiroki so‘roq ostida

Koronavirusning keng tarqalashi sabab Italiyada barcha sport musobaqalari, shu jumladan futbol bo‘yicha A Seriya bahslari ham to‘xtatib qo‘yildi.

Yevropa Ligasi 1/8 final ilk bahsidan o‘rin olgan ikki o‘yin qoldirildi. Ikkala o‘yin ham Italiya klublari ishtirokida edi.

UEFA rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, "Inter”—"Xetafe” va "Sevilya”—"Roma” uchrashuvlari noma’lum muddatga qoldirilgan. Mazkur ikki bahs 12-mart, payshanba kuni o‘tkazilishi kerak edi.

Sababi Ispaniya hukumati koronavirus tufayli Italiyaga kirib-chiqish borasida cheklov o‘rnatgan. Avvalroq Ispaniya hukumati "Roma” klubiga mamlakatga kirishni taqiqlagani ma’lum bo‘lgandi.

Angliyada koronavirus

"Manchester Siti”—"Arsenal” uchrashuvi qoldirildi. APLning 28-turidan o‘rin olgan bahs 11-mart kuni o‘tkazilishi kerak edi. 27-fevral kuni "Arsenal” Yevropa Ligasi doirasida "Olimpiakos” bilan to‘qnash kelgan. Grek klubi xo‘jayini Yevangelos Marinakis uchrashuvdan so‘ng "Arsenal” futbolchilari va klub shtabidagi bir necha kishi bilan aloqada bo‘lgan.  ​

APLning qolgan tur uchrashuvlari muxlislarsiz stadionda o‘tkazilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi. Muxlislar hatto futbol uchrashuvlarini restoran va kafelarda ham ko‘ra olmaydi. Boisi jamoat joylarida jonli translyatsiyalar ham taqiqlandi. Muxlislar uchrashuvlarni endi faqat televizor orqali ko‘rishi mumkin.

Ispaniya va Fransiya chempionatlarining navbatdagi tur o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tadi. Saudiya Arabistonidagi barcha sport musobaqalari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Qirg‘izistonda ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtincha taqiqlandi. Tokio mezbonligida o‘tadigan 2020-yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari koronavirus sabab yil oxirida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Tokiodagi Olimpiada va Paralimpiada ishlari bo‘yicha vazir Seyko Xasimoto ma’lum qildi.

Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) koronavirus sabab beshta xalqaro musobaqani bekor qildi. Unga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati A guruhidagi (22—28-mart, Tallin) va II divizionning B guruhidagi (23—29-mart, Sofiya) bahslar, III divizionning A va B guruhlaridagi o‘yinlar bekor qilingan. Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi Jahon birinchiligidan o‘rin olgan va 28-martdan 3-aprelga qadar o‘tishi kerak bo‘lgan ikkita musobaqa ham bekor bo‘lgan.

O‘zbekistonda ham xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi

Xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoa a’zolarining ishtiroki hamda tizim xodimlarining xorijiy xizmat safarlari vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalari (chempionat va kuboklar) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, hududiy sport musobaqalarini esa hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan kelishgan holda o‘tkazish vazifasi yuklatildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:525 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031