• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1970
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 44
Гостей: 44
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 13 » “O‘zavtosanoat” rahbari UzAuto Motors’ning va’dalarini bajargan yoki bajarmaganiga aniqlik kiritdi
15:52
“O‘zavtosanoat” rahbari UzAuto Motors’ning va’dalarini bajargan yoki bajarmaganiga aniqlik kiritdi

"O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi Shavkat Umurzoqovni 
aytishicha UzAuto Motors yengil avtomobillar narxining oshirilishi haqida so‘z yuritib, "ishlab chiqaruvchining mashina tannarxini tushirish yuzasidan bergan va’dalarini bajarganligini” ta’kidladi.

Shavkat Umurzoqov o‘zi kompaniyada ish boshlaguniga qadar 2018-yil iyun oyida UzAuto Motors’ning qarzi qariyb 500 million AQSh dollariga yetgani, avtomobillarning ayrim modellari zararga ishlab chiqarilgani va har biridan qariyb 1000 dollar zarar ko‘rilganini qayd etgan.

"Qayerda eski narxlarni saqlab qolish imkoni bor bo‘lgan bo‘lsa biz ularni saqlab qoldik. Kompaniya shunchaki foyda ko‘rishni istaganida narxlar 3—20 foizga emas, balki 40 va undan ko‘proq foizga oshardi”, — deya yengil avtomobillarning narxi oshganiga munosabat bildirgan Umurzoqov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida avtomobillarning tannarxiga bir nechta faktorlar ta’sir ko‘rsatgan:

2017-yilda dollar kursining oshirilgani — Spark, Nexia va Cobalt tannarxlari 22,2 foizga, Lacetti va Damas esa —14,3 foizga qimmatga tushgan;
Komplektatsiya detallarini transportirovka qilish tariflari 6,7 foizga oshgan;
Kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar 9,7 foizga oshgan va bu o‘zbek so‘mida hisoblaganda avtomobillar tannarxini 0,2 foizga qimmatlashtirgan;
Komplektatsiya transportirovka uchun tariflar narxining 6,7 foizga oshgani so‘mga nisbatan olganda tannarxni 0,3 foizga oshirgan.
Shavkat Umurzoqovning aytishicha, narxlar ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va xarajatlarni optimizatsiya qilish hisobiga ushlab turilgan. 2018-yil yakunlariga ko‘ra, mahsulotning tannarxi 936 milliard so‘mga (7,7 foiz), 2019-yilda esa — 814 milliard so‘mga (6,6 foiz) tushirilgan, 2020-yil uchun prognoz — 1,2 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda.

"2017—2018-yillarda kompaniya ayrim avtomobillar realizatsiyasini 3—17 foiz zarar hisobiga amalga oshirgan, qarz miqdori esa valyuta almashtirish kursidagi qariyb ikki baravar imtiyozga qaramay 500 million dollarni tashkil qilgan. O‘shanda narxlarni 7,7 foizga oshirib, 2018-yil avgust oyida tannarxni tushirish hisobiga o‘z xarajatlarini qoplashga o‘tib, harajatlarni optimizatsiya qilishga erishdik”, — deydi "O‘zavtosanoat” rahbari.

"Lacetti nima uchun 3 foizga qimmatlashdi? Chunki biz ushbu avtomobil narxini 2018-yilda oshirib bo‘lganmiz. Qolgan markalarning kattaroq foizga qimmatlashganining sababi esa o‘sha vaqtda ularning narxi oshirilmganida”, — dedi Umurzoqov.

Shavkat Umurzoqov kompaniyaning avtomobillar narxini tushirish bo‘yicha bergan va’dasini bajargani, dollarda ularning narxi kurs o‘zgarganidan keyin arzonroq bo‘lganligini qayd etgan.

Chakana savdo narxlari bozor kursiga qarab hisoblangan. 4-mart kuni UzAuto Motors Spark va Damas narxini 10—21 foizga, Nexia’ni 15−19,4 foizga, Cobalt’ni 10−14,7 foizga va Lacetti’ni 3 foizga oshirgan, biroq bu haqda 11-mart kuni e’lon qilgan. Bungacha ishlab chiqaruvchi avtomobillar narxlarini 2017-yilda (Spark, Nexia va Cobalt) hamda 2018-yil avgust oyida (Lacetti, Damas va Malibu) oshirgan.

Umurzoqov misol tariqasida o‘zbek so‘mining 2017-yil sentabrdagi devalvatsiyasidan keyin Cobalt (LT) narxi 83,9 million so‘m (10 752 AQSh dollari) bo‘lganini, 2018-yil avgust oyida avtomobilning narxi 84,2 million so‘m (10 722 AQSh dollar) deb belgilanganini aytgan. QQS imtiyozlari bekor bo‘lgach, 2019-yil oktabr oyida Cobalt yo‘l fondi mablag‘lari hisobiga 87,1 million so‘m (9 252 AQSh dollar) narxlangan. 4-martdan belgilangan narx 95,8 million so‘m (10 070 AQSh dollar) va 2017-yildagi narxdan 682 dollarga arzonroq, — deydi "O‘zavtosanoat” raisi.

Nexia 3 (LT M\T) 2017-yil sentabr oyida 73,2 million so‘m bo‘lgan (9389 dollar). 2018-yil avgust oyida narx 73,7 million so‘m bo‘ldi (9391 dollar), 2019-yil oktabrda mashina (yo‘l fondi mablag‘lari hisobiga) 75,9 million so‘mga (8069 dollar) sotilgan. Yangi narx 87,3 million so‘m (9182 dollar) 2017-yildagidan 207 dollarga arzon.

LS M/T komplektatsiyasidagi Spark narxi 2017-yil bilan taqqoslaganda 580 dollarga arzonroq, LT A/T esa 275 dollarga qimmatroq narxlangan. 2018-yil bilan taqqoslaganda Malibu’ning barcha komplektatsiyalardagi narxi 305 dollardan 5262 dollargacha arzonlashgan, Lacetti esa 1642−1868 dollarga arzonlashgan. Damas narxi 223−230 dollarga qimmatlashgan, Labo esa 495 dollarga arzonlashgan.

"Biz va’damizning ustidan chiqdik va va’damizni bajarishda davom etyapmiz. Avtomobillarning tannarxini arzonlashtirib, QQS to‘lash majburiyatini o‘z zimmamizga olganmiz (QQS imtiyozlari bekor qilingach UzAuto Motors avtomobillar narxlarini oshirmagani nazarda tutilgan). Ushbu faktorlarga qaramay biz davlat budjetiga daromad keltirgan barqaror kompaniyaga aylana oldik”, — deb hisoblaydi Shavkat Umurzoqov.

Shuningdek, "O‘zavtosanoat” rahbari Chevrolet’ning boshqa xorij davlatlarida ishlab chiqariladigan modellarini O‘zbekistondagi mashinalar bilan taqqosladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Spark Meksikada 11—14 ming dollar, O‘zbekistonda esa — 7—9 ming dollar, Braziliyada Cobalt — 15—16 ming dollar O‘zbekistonda — 10—12 ming dollar, Nexia 3 Misrda taxminan 12 ming dollar atrofida, O‘zbekistonda esa — 9—11 ming dollarga sotilmoqda.

Shavkat Umurzoqov kompaniya kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlar haqida ham gapirdi. Xususan, sohaga xorijlik mutaxassislar jalb qilingani, savdo tizimida korrupsiyaga qarshi kurashilgani, avtomobillarni yetkazib berish muddatlari qisqargani, ishlab chiqarish hajmining oshganini alohida ta’kidlagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:620 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:35
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031