• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 41
Гостей: 41
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 3 » O‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha charter reys Uxandan bepul, Pekindan esa pulli amalga oshiriladi
21:42
O‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha charter reys Uxandan bepul, Pekindan esa pulli amalga oshiriladi

Xitoydagi tarqalgan koronavirus sababli o‘zbekistonliklarni mazkur mamlakatdan evakuatsiya qilish uchun charter reyslar rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Uzbekistan Airways kompaniyasi tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidentining buyrug‘iga binoan tashkil etilgan hukumat komissiyasining qaroriga asosan, Uzbekistan Airways joriy yilning 4—5-fevral kunlari Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun uchta charter reysini amalga oshiradi.

Charter reyslar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

Pekin—Toshkent (ikkita reys) — aviabiletlar o‘rtacha tarifdan past;

Uxan—Toshkent (bitta reys) — to‘lovsiz parvoz.

Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu reyslarga chiptalarni sotib olish uchun O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasining vakolatxonasiga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilish kerak:

Elchixonaning konsullik bo‘limi:

Aziz Xilvatov +86 138 1120 4471

Bobur Yahyoev +86 135 1102 4242

Elchixona vakillari:

Nuriddin Ubaydullayev +86 139 10 85 7245

Nodir Nurmatov +86 158 1047 7270

Shuhrat Umirov +86 139 1175 4476

Rustam Nazarov +86 138 0122 1452

Akmalxon Olimxonov +86 185 0017 0040

Mansur Ibragimov +86 135 5220 7848

Sardor Sirojov +86 186 1812 9040

Avaz Kamolov +86 178 1070 2707

Uzbekistan Airways vakolatxonasi:

Trobov Murod +86 184 0196 9633

Aleksey +86 186 0195 8683

Qayd etilishicha, har bir samolyotda tibbiyot xodimlari va virusologiya sohasidagi mutaxassislar, zamonaviy diagnostika asboblari, shaxsiy himoya vositalari va zarur tibbiy preparatlar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda parvozlarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.


Ushbu reyslarning yo‘lovchilari yetib kelganidan keyin vaqtincha yashash markaziga yuboriladi. Shu munosabat bilan kompaniya fuqarolardan Toshkent shahridagi aeroportda yo‘lovchilar bilan uchrashmaslikni so‘ragan. Reyslarning Toshkentga kelish vaqti keyinroq e‘lon qilinadi.

Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savollar bilan O'zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligining bosh ofisiga +998712764966 telefon orqali murojaat qilish mumkin.


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xitoy bilan muntazam aviareyslarni vaqtincha to‘xtatdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, bugungi kunga qadar O‘zbekiston fuqarolari orasida infeksiya qayd etilmaganini ma’lum qilgan edi.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoydagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun Pekindan Toshkentga charter reyslar 4 va 5-fevral kunlari Pekin aeroportining 2-terminalidan amalga oshirilishini ma’lum qilib, O‘zbekiston fuqarolaridan 3-fevral, dushanba kuni, Pekin shahridagi elchixonaga kelishlarini so‘ragan.

Shuningdek, vazirlik aviaqatnovlar bekor qilingani tufayli Pekin aeroportida qolib ketgan 3 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilib, talabalar bilan aloqa o‘rnatib, muammoni hal qilish bo‘yicha diplomatlar tegishli choralarni ko‘rayotganini e’lon qildi.

3-fevral tongidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydagi koronavirus qurbonlari soni 361 nafarga yetdi. Filippinda ham bir kishi ushbu virusdan vafot etgan. Xitoyda 17238 kishida koronavirus aniqlangan. Boshqa mamlakatlarda esa virusni yuqtirganlar soni 150 dan ortiq. 480 nafarga yaqin kishi sog‘aygan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:599 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829