• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 232
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 37
Гостей: 37
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 19 » Toshkent IEMda ikkita bug‘-gaz qurilmasi quriladi
20:51
Toshkent IEMda ikkita bug‘-gaz qurilmasi quriladi

Vazirlar Mahkamasining "Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 27 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qayd etilishicha, 2015-yil 25-oktabrda O‘zbekiston va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida "Toshkent kogeneratsion issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun 10 yil imtiyozli davrga 40 yilda qoplash muddati bilan umumiy qiymati 12 milliard yapon iyenasi bo‘lgan qarz kelishuvi imzolangan.

2019-yil 18-iyulda "Toshkent Issiqlielektrmarkazi” AJ va Tractebel Engineering GmbH (Germaniya) va Eurasian Consulting and Engineering Services GmbH (Germaniya) qo‘shma korxonasi o‘rtasida "Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 27 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida umumiy qiymati 6,54 million dollar ekvivalentiga teng bo‘lgan konsultatsiya xizmatini ko‘rsatish shartnomasi imzolagan.

Loyihaning amalga oshirish muddati 3 yil (2020—2023-yillar) etib belgilangan.

Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda "Issiqlik elektr stansiyalari” AJning qarz kelishuvi mablag‘larini loyihani amalga oshirishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.

JICA qarz qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni qoplash "Toshkent Issiqlielektrmarkazi” AJning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

TIV "Toshkent Issiqlielektrmarkazi” AJ va "Issiqlik elektr stansiyalari” AJ arizalariga binoan, loyihani amalga oshirish jarayonida ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarni yashab turish joyi bo‘yicha ko‘p marotabalik vizalar va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishlari davlat boji undirilmasdan amalga oshirilishini ta’minlaydi.

IIV "Toshkent Issiqlielektrmarkazi” AJ va "Issiqlik elektr stansiyalari” AJning arizalariga binoan, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning yashash joyi bo‘yicha davlat boji undirmagan holda ko‘p martalik vizalar va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalar berish hamda ularni uzaytirishni ta’minlaydi.

Avvalroq Navoiy IES uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish uchun Yaponiyadan 1 mlrd dollardan ortiq qarz olinishi xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:586 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:30
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031