• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1769
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 22
Гостей: 22
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 12 » Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha bir sutkada 99 ta holat qayd etildi
10:29
Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha bir sutkada 99 ta holat qayd etildi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 99 kishida yangi turdagi koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yangi bemorlarning 97 nafari xorijdan kirib kelgan va ikki kishigina mamlakat ichida yuqtirib olgan. Tibbiyot xodimlari yana 49 fuqaroda COVID-19 borligini gumon qilmoqda. Bularning barchasi chetdan yuqtirilgan.

Koronavirus pandemiyasi o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida kasallikka chalinish bo‘yicha birorta yangi holat aniqlanmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusni chetdan yuqtirish bilan bog‘liq jami 1280 ta holat qayd etilgan. Ulardan 799 nafari kasallanganligicha qolmoqda, 481 kishi tuzalgan.

O‘tgan bir sutka ichida Xitoyda koronavirus oqibatida hech kim vafot etmagan. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 82 052 kishida koronavirus aniqlangan, 3339 kishi vafot etgan. Ayni vaqtda Xitoy shifoxonalarida COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 1138 bemor qolmoqda. Ulardan 139 nafari og‘ir ahvolda.

Avvalroq Xitoy o‘z hududida koronavirus tarqalishini to‘xtatgani, mamlakatda avtomobil sanoati yana oyoqqa turib, ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. 8-aprel kuni Xitoy hukumati yanvar oyidan beri ilk bor Uxandan chiqish yo‘llarini ochdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 767 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 42 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi esa koronavirus sabab vafot etdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:531 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь