• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 289
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 38
Гостей: 38
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 7 » Xitoydan kelganlar ro‘yxati asosida 2912 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
12:49
Xitoydan kelganlar ro‘yxati asosida 2912 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining ma’lum qilishicha, koronavirus kasalligi 6-fevral kunigacha dunyodagi 24 ta davlatda 191 nafar fuqaroda laboratoriya usulida tasdiqlangan.

Xitoyda jami 28 060 nafardan ortiq fuqaro kasallanib, kunlik o‘sish 15,2 foizni (3667 nafar) tashkil etmoqda. 564 (2 foiz) nafar fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.

5-fevral kuni agentlikning virusologiya laboratoriyasiga Xitoydan kelgan 245 nafar fuqarodan koronavirus infeksiyasi tahlili uchun namunalar keltirilib, ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmagan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 5-fevral kuni xorijiy davlatlardan 28 ta samolyot qabul qilindi, 3990 nafar fuqaro sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazilgan.

Temir yo‘llari AJ markaziy Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan jami 663 nafar fuqaro o‘tgan, shulardan 40 nafarini xorij fuqarolari tashkil etadi. Tana harorati ko‘tarilgan bemorlar aniqlanmagan.

Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 1585 ta avtotransportlar, 28 644 nafar fuqaro o‘tkazilgan, shulardan 14 646 nafari chet el fuqarosi hisoblanadi.

"Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan Xitoydan kelgan fuqarolar ro‘yxati asosida 2912 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shulardan 2188 nafarida kasallikni yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko‘rik davomida hech qanday koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlandi. Bugungi kunda 724 nafar fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olindi”, — deyiladi xabarda.

Hukumat komissiyasi qarori bilan 4—6-fevral kunlari O‘zbekistonga Pekin shahridan 2 ta hamda Uxan shahridan 1 ta charter reyslar orqali jami 584 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Fuqarolarning barchasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi va 14 kun muddat davomida (kasallikning yashirin davri davomida) tibbiy nazoratga olindi. Fuqarolar uchun maxsus tayyorlangan muassasalarda barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan.

Agentlikning markaziy shtabi mutaxassislari tomonidan 71-276-49-66 ishonch telefoni orqali murojaat qilganlarga tushuntirishlar, aniq ma’lumotlar va zarur tavsiyalar berib borilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:562 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829